1 yevroga uy sotib olishni xohlaysizmi? Orzuingizni ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan davlatlar ro‘yxati

Kichik kvartirada tiqilib yashash yoki ijaraga har oy oxirgi pullaringizni berishdan charchadingizmi? Unda sizga eng kerakli narsa — 1 dollarlik uy! Yoki… 1 yevro yoki boshqa mahalliy valyutadagi ekvivalent. Quyida biz uylar deyarli tekin berilayotgan joylarni to‘pladik. Demak, arzon ko‘chmas mulk — hazil emas, balki haqiqiy imkoniyat.
1. Italiya
- Qayerda: Abrutso, Penne
- Qanday ishlaydi: siz o‘rta asrlardan qolgan uyni (yoki hatto ikkitasini) deyarli 1 yevroga sotib olasiz va 3 yil ichida fasadini va tomini ta’mirlashga majbur bo‘lasiz — aks holda jarima to‘laysiz.
- Afzalliklari: ko‘pchilik dasturlardan farqli o‘laroq, depozit talabi yo‘q (odatda €2 000 – €5 000 miqdorida bo‘ladi) va ta’mirlash jarayonida sizga yordam beradigan maxsus agentlik mavjud.
- Kamchiliklari: Italiyadagi ko‘pchilik uylar – xarobazorga aylangan, jiddiy investitsiya talab qiladi. 1 yevroga uy sotib olib, keyin uni ta’mirlashga kamida 10 ming yevro sarflashingiz mumkin. Shu bilan birga, biroz vaqtingizni qurilish maydonida o‘tkazishingizga to‘g‘ri keladi.
2. Fransiya
- Qayerda: Sent-Aman-Monron va Rube
- Qanday: siz 1 yevroga aniq bir uyni sotib olasiz, lekin bir qator shartlarga rozi bo‘lishingiz kerak: avvalo 128 ming yevroga ta’mirlash, reja tuzish va uni amalga oshirish majburiy. 3 yil ichida ta’mirlashni yakunlashga imzo chekasiz.
- Afzalliklari: Fransiya provinsiyasining romantik muhiti, uzumzorlar va tarixiy uylarda qarilikni o‘tkazish imkoniyati.
- Kamchiliklari: qonuniy majburiyatlar va qat’iy qoidalar.
3. Ispaniya
- Qayerda: Valensiyadagi Paterna, Kastiliya-La-Manchadagi Kuenka, Galisiyadagi Ribadaviya
- Qanday: yillar oldin aholisi ko‘chib ketgan uyni 1 yevroga sotib olasiz va shu orqali mahalliy iqtisodiyotga jon kiritasiz.
- Afzalliklari: ayrim hollarda moliyaviy yordam yoki qulay kreditlar taklif qilinadi. Odatda xorijliklarga hech qanday cheklovlar yo‘q.
- Kamchiliklari: narxi past bo‘lsa-da, uyning holati og‘ir — kapital ta’mir zarur. Real xarajatlar 20-50 ming yevroga yetishi mumkin. Uyni 3 yil ichida ta’mirlash majburiyati mavjud.
Muhim eslatma:
- 1 yevrolik uyning ta’miri haqiqiy sinovga aylanishi mumkin. Sizga kanalizatsiyadan tortib tomgacha hammasini tuzatish kerak bo‘ladi. Shuning uchun barcha pulingiz elektr simlariga sarflanib, orzuingizdagi dizaynga yetmay qolishi mumkin.
- Odatda sizdan ta’mir rejasini taqdim etish, depozit kiritish, notarius to‘lovlari va mulk huquqi o‘tkazmasi uchun soliqlarni to‘lash talab qilinadi.
- Qonunlar va xaridorlarga qo‘yiladigan talablar esa — faqat boshlanishi!
1 yevrolik uy — bu haqiqiy voqelik va orzular ro‘yobga chiqishining isboti. Siz yevroning bahosiga Yevropaning eng go‘zal joylarida hayot kechirishingiz mumkin. Italiyada “eski Yevropa” ruhi, Fransiyada esa qishloq estetikasini his qilasiz. Ispaniyada esa Gaudi yurtining iqtisodiy tiklanishiga hissa qo‘shasiz. Bu nafaqat arzon, balki faxrlanishga arzigulik imkoniyat!
Agar bu yo‘lni tanlasangiz, jarayonga ozgina yumor bilan yondashing va ko‘p mehnat qilishga tayyor bo‘ling — o‘z qo‘lingiz bilan yoki usta yollab.
Orzuyingizdagi uyingiz sari olg‘a!