Kino

14 yildan so‘ng: “Taxtlar o‘yini” aktyorlari qanday o‘zgardi — Aryadan Tiriongacha

Muallif: Mahkamov Humoyun
14 yildan so‘ng: “Taxtlar o‘yini” aktyorlari qanday o‘zgardi — Aryadan Tiriongacha

Afsonaviy koinotni sog‘inganlar uchun.

2011-yilda tomoshabinlar ilk bor “Qish yaqin” degan so‘zlarni eshitganini eslaysizmi? O‘tgan 14 yil ichida nafaqat Vesteros tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi — bizga sevimli qahramonlarni taqdim etgan “Taxtlar o‘yini” aktyorlarining o‘zlari ham haqiqiy metamorfozalarni boshdan kechirdi.

Biz ularni sovut va mo‘ynali mantiyalarda ko‘rishga o‘rganib qolgan edik, ammo kadr ortida ularning hayoti o‘z yo‘lida davom etardi.

Boshlovchi aktyorlarning ba’zilari o‘ziga ishongan yulduzga aylandi, ba’zilari o‘z imidjini tubdan o‘zgartirdi, ba’zilari esa vaqtni to‘xtatgandek bo‘ldi. Dastlabki mavsumlarda o‘ynagan bolalar ulg‘ayib, karera qurishga ulgurishdi, kattalar esa yangi rollarga ega bo‘lishdi.

Ayniqsa, o‘smirligimizda eslab qolganlarimiz qanday o‘zgarganini kuzatish juda qiziq: Arya va Bran Stark ko‘z o‘ngimizda tom ma’noda ulg‘ayishdi. Ammo loyihaning “keksa odamlari” — Tirion, Serseya va Deyeneris ham yakuniy titrlardan so‘ng o‘z obrazlarini hayratlanarli tarzda qayta ko‘rib chiqdilar.

Ushbu fotojamlanmada “Taxtlar o‘yini” aktyorlar tarkibining eng yorqin o‘zgarishlari aks etgan. Hayratlanish va sog‘inishga tayyormisiz? Unda boshladik!

“Taxtlar o‘yini” — fantastika va drama janrida olingan Amerika televizion seriali. Serial yaratuvchilari David Beniof va D. B. Veys bo‘lib, rasmiy ravishda HBO telekanali orqali efirga uzatilgan.

Syujetlardan biri Yetti Qirollikning Temir Taxti haqida va u munosib oilalarning Temir Taxtga erishish yoki undan ajralib chiqish yo‘lidagi hamkorliklari va qarama-qarshiliklari haqida.

Yana bir boshqa sujet esa taxtga egalik qilgan va ag‘darilgan sulolaning so‘nggi vakilining taxtni qaytarish yo‘lidagi kurashi haqida bo‘lsa, boshqa hikoyada qirollikni shimoldagi yovvoyi odamlar va afsonaviy maxluqlardan qo‘riqlovchi birodarlik asosida ish olib boruvchi Tunngi qorovullik haqida.