2025-yilda Pxuketdagi ekskursiya va faoliyatning eng yaxshi 10 taligi: turagent tavsiyalari, fotosuratlar, sayyohlarning fikrlari

Pxuketga bormoqchimisiz? Demak, ushbu maqola aynan siz uchun. O‘zbekistondagi FUN&SUN sayyohlik agentligining mijozlar bilan ishlash bo‘yicha asosiy menejeri Madina maxsus Toping.uz uchun Pxuket orolining eng qiziqarli ekskursiyalari to‘plamini tuzdi.
O‘zbekistondagi FUN&SUN kompaniyasidan Pxuket turlariga 15% chegirma oling.
FUN&SUN kompaniyasidan Toshkentdan Pxuket, Vyetnam, Dubay va Misrga sayohatlar.
Leonardo Di Kaprio ijro etgan film suratga olingan Pxi-Pxi orollari
"Ekskursiya dasturiga odatda Leonardo Di Kaprio va Tilda Suinton bosh rollarni ijro etgan "Plyaj" filmidagi Bambo oroli, Mayya Bey ko‘rfazi, Pile lagunalari va Maymunlar plyajiga tashrif buyurish kiradi", - deydi FUN&SUN kompaniyasi xodimi Madina. Pxi-Pxi - snorkling uchun qulay joy.
Bu haqda sayyohlar nima deyishadi: "Pxi-Pxida ertalabgacha plyajda olovli shou bilan aql bovar qilmaydigan tomosha. Tomosha maydonchalaridagi manzaralar maftunkor." "2025-yil fevral oyida ekskursiya guruhi tarkibida orolda bo‘lganman. Bu joy, albatta, nihoyatda go‘zal, lekin mazkur go‘zallikni sayyohlar olomoni orasidan ko‘rib bo‘lmaydi. Bunday joylarga faqat odamlar soni kam bo‘lishiga qat’iy ishonch bo‘lsagina borish kerak".*
*Bu yerda va quyida TripAdvisor portalidan fikr-mulohazalar keltirilgan.
Ta’tilga chiqmoqchimisiz? Turagentdan bepul maslahat olish uchun quyidagi tugmani bosing.
O‘zbekistondagi FUN&SUN kompaniyasi turagentidan maslahat.
Similan orollari: “Qum xuddi Maldiv orollarida kabi”
Bu g‘avvoslar va snorkling ishqibozlari uchun jannat bo‘lib, oppoq qum, moviy suv va boy suv osti dunyosiga ega. FUN&SUN xodimi Madina ushbu orollarga sayohatni noyabrdan maygacha bo‘lgan davrda tanlashni tavsiya qiladi.
Bu haqda sayyohlar nima deyishadi: "Kao Lakdan Similanga ekskursiya oldik. Umuman olganda, bir soatlar chamasi yo‘l yurdik. Orollar chiroyli, albatta borib ko‘rishni maslahat beraman. Toza moviy suv va Maldiv orollaridagidek oppoq qum. Tabiat juda ham xushmanzara, ulkan toshlar va feruza suv fonidagi yashillik. Snorkling zo‘r, toshbaqalarni, har xil baliqlarni ko‘rdik. Similan - yurakning qoq o‘rtasiga".
"Oltin to‘pponchali odam" filmidagi Jeyms Bond oroli va Phang-Nga ko‘rfazi
Karst qoyalari va xushmanzara ko‘rfaz bo‘ylab ekskursiya. G‘orlar va mangrazorlar bo‘ylab kanoeda suzishni o‘z ichiga oladi. Pxang-Na ko‘rfazi "Oltin to‘pponchali odam" filmi suratga olingan Jeyms Bond oroli bilan mashhur.
Bu haqda sayyohlar nima deyishadi: “Orol xuddi kinodagidek haqiqiy, albatta ertaroq yo‘lga chiqish kerak, qayig‘imiz birinchilardan bo‘lib yetib bordi. Bor-yo‘g‘i 30 daqiqa ichida plyaj odamlar bilan to‘ldi. Lotokdan yo‘lda bir nechta qo‘shimcha suratga olish joylari bor. Lagunaning o‘zidan tashqari, qoyasi qulagan diqqatga sazovor joy bor, bu ajoyib ko‘rinadi, orolning o‘zi katta emas, yuqori mavsumda va odamlar ko‘p bo‘lsa, boshqacha hissiyotlarni keltirib chiqarishi aniq. Suvenirlar narxi - osmonda. Sotib olishni xayolingizga ham keltirmang”. “G‘oyat maftunkor va ajoyib ekskursiya!”
Undek oppoq qumli Rach va Marjon orollari
"Sohilda dam olish, snorkling va suvda hordiq chiqarish uchun ajoyib variant," - deydi turagent. Bu yerda paraseyling, dayving bilan shug‘ullanish yoki shunchaki osudalikdan zavqlanish mumkin.
Ta’tilga chiqmoqchimisiz? Quyidagi tugmani bosing va turagent maslahatini oling.
O‘zbekistondagi FUN&SUN sayyohlik agentligidan bepul maslahat.
Bu haqda sayyohlar nima deyishadi: "Snorkling, agar siz endio‘rganayotgan baliq nazoratchisi bo‘lsangiz ham, bunga arziydi: albatta ko‘ring. Sayyohlar ko‘p: ular uzunasiga ham, ko‘ndalangiga ham suzib ketaverishadi, lekin bu joy dengiz faunasiga boy". "O‘zingiz bilan koralka - rezina shippak oling, chunki u yerda marjonlar plyajda, tubi oq marjonlar bilan qoplangan: ular unchalik ko‘rinmaydi, lekin umuman yoqimsiz". "Hayratomuz plyaj! Qum xuddi un kabi oppoq, suv juda chiroyli va iliq! Oroldan ketgim kelmadi, chunki Pxuketda bunaqa plyajlar endilikda yo‘q".
Katamaranda quyosh botishidagi dengiz sayohati
Madina: "Bunday katamaranda sayr qilish - ochiq dengizda quyoshning ajoyib botishidan bahramand bo‘lish imkoniyati demakdir. Kruiz paytida sizga antiqa kechki taom taklif etiladi, to‘lqinlardagi sokin chayqalish esa dam olish va tabiatdan zavqlanish uchun risoladagidek muhit yaratadi".
Bu haqda sayyohlar nima deyishadi: "Ta’tilimizni xilma-xil qilishga qaror qildik va katamaranni ijaraga oldik. Bu 2 va 8 yoshli farzandlarimizning xavfsizligi va cheklangan joyda dam olishidan qo‘rqganimiz uchun ham eng yaxshi qaror edi. Lekin hammasi ko‘ngildagidek o‘tdi. Katamaran ozoda, saranjom-sarishta, shinam, keng, bolalarning sayr qiladigan joyi bor, juda e’tiborli kapitan, unga alohida rahmat deymiz. Soft drinksga to‘ls muzlatgich, mazali tushlik, har doim mevalar muhayyo bo‘lgan likobchalar, snorkling jihozlari, saponlar, sochiqlar, umuman olganda, qulay dengiz sayohati uchun to‘liq jihozlangan".
Kxao Sok milliy bog‘iga ekskursiya (Cheo Lan ko‘li)
Kxao Sok milliy bog‘i - bu sizni qalin o‘rmonlar, ulug‘vor qoyalar va noyob zumrad Cheo Lan ko‘li kutayotgan maskan. Bu yerda suzuvchi bungalolarda to‘xtash, qayiqda sayr qilish va hatto noyob hayvonlarni uchratish mumkin.
Bu haqda sayyohlar nima deyishadi: “Ko‘l chiroyli, manzaralar go‘zal. Lekin suv loyqa, toza suvga niqob tutib sho‘ng‘imoqchi bo‘ldim, aslida juda ham loyqa, cho‘zilgan qo‘lllarim ko‘rinmay qoldi”. "Sehrli olamga tushib qoldik. Bu yerda hamma narsa sehrli: tabiat, hayvonlar va albatta odamlar. Har kim o‘zicha mashg‘ulot topadi. Qayiqda, baydarkada sayr qilish, shaffof suvda cho‘milish, changalzor yoki shunchaki sehrli dunyoni tomosha qilish."
Ko Xong (Krablar) oroliga sayohat
Bu orol mintaqadagi eng go‘zal orollardan biri hisoblanadi. Zangori suvlar, oq qum va sayyohlar oqimining yo‘qligi uni fotosessiyalar va dam olish uchun mukammal maskanga aylantiradi. Ko Xong - bu haqiqiy Tailand jannati.
Bu haqda sayyohlar nima deyishadi: "Orol shunchaki sehrli! Uni qandaydir o‘ziga xos bo‘shashish muhiti, o‘zgacha ifor va oppoq qum bilan birga ajoyib dengiz shunday qiladi! O‘zim bu yerda bo‘lmagunimcha, hayajonli sharhlardan hayratda qolgan edim". “Birdan: faqat individual qayiqda va iloji boricha ertaroq suzishni ta'kidlamoqchi edim! Biz Nopparat Taradan ertalab soat 8 da suzib ketdik, taxminan 35 daqiqa suzdik. Orolga kelganimizda, u yerda odamlar deyarli yo‘q edi. Shu bois, orolning aql bovar qilmas go‘zalligidan va xilvatidan bir soatcha bahramand bo‘ldik. Bizning reytingimizda Hong tashrif buyurilgan barcha orollar orasida Bambudan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Qumi oppoq, sivi tiniq, lagunada niqobsiz ko‘plab baliqlarni, juda ko‘p yashillikni ko‘rish mumkin”.
Phuket FantaSea
Ushbu ko‘ngilochar bog‘ Tailand mifologiyasi, akrobatikasi, maxsus effektlari va an’anaviy raqslarini o‘zida mujassam etgan ulkan tomoshani taqdim etadi. Siz go‘zal libos shousini tomosha qilasiz,
Bu haqda sayyohlar nima deyishadi: "Ta’sirli shou Pxuketdagi sermazmun ekskursiya kunimizning ajoyib yakuni bo‘ldi. Chiroyli suratga olish joylari va uslublashtirilgan suvenir do‘konlari bo‘lgan katta tematik park kechqurun chiroqlar yorug‘ida ayniqsa maftunkor ko‘rinadi". "Tomoshadan oldin fillarni sayr qildirish va ularga banan berish mumkin. Fillar saroyi shunchaki go‘zal, qorong‘ida ertaknamo bo‘lib qoladi. Tomosha ajoyib. Hashamatli liboslar, barchasi chiroyli, zamonaviy va dinamik. Havo gimnastikachilarining chiqishlarii juda qiziqarli".
Pxuket bo‘ylab ekskursiya
"Odatda bunday ekskursiya Katta Budda haykali, Vat Chalong, tomosha maydonchalari, eski Pxuket shahri va lateks hamda keshyu fabrikalariga tashrif buyurishni o‘z ichiga oladi", - deydi turagent.
Bu haqda sayyohlar nima deyishadi: “Kvadrotsikllarda katta Buddaga bordik. Lekin, afsuski, uni orqasidan ko‘ra oldik xolos. E’tiborli bo‘ling, Budda 2025-yil avgustigacha rekonstruksiya uchun yopiq. Shuning uchun uni faqat uzoqdan tomosha qilish mumkin. Lekin baribir chiroyli”.
Pxuket changalzorlari va sharsharalari
Ekstrim ishqibozlariga orolning changalzorlariga sayohat qilish yoqadi. Siz qalin chakalakzorda sayr qilishingiz, sharsharalarda cho‘milishingiz, kvadrosiklda sayr qilishingiz va hatto fillarni ham uchratishingiz mumkin. Bu Pxuketni boshqa tomondan ko‘rish va yovvoyi tabiatdan bahramand bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat.
Bu haqda sayyohlar nima deyishadi: "Similanada ekskursiyada bo‘ldik. Va’da qilinganidek, orolda birinchi bo‘lib, yolg‘iz o‘zimiz qoldik. Xotirjam sayr qildik, suratga tushdik" (Xazinalar oroliga sayohat haqida fikr-mulohaza). "Biz ikkita ekskursiyaga bordik, ulardan biri Similan Xazinalar oroliga bo‘ldi, buni tasvirlash qiyin. Shubhasiz, keyingi safar Xazinalar orolini tanlagan bo‘lardik: hamma narsa aniq reja bo‘yicha, barchasi olingan, va’da qilingan tadbirlar amalga oshirildi, gid va jamoa unutilmas dam olishni ta’minlaydi, faqat ijobiy his-tuyg‘ular va chiroyli fotosuratlargina qoladi".
Tailandga O‘zbekistondan jo‘nab ketadigan boshqa kurortlarga sayohatlar bo‘yicha savollaringiz bormi? Bepul turagent maslahatiga buyurtma berish uchun tugmani bosing.
FUN&SUN kompaniyasidan maslahat.
Qanday qilib ekskursiyani tanlash mumkin
Plyajda dam olish va snorkling ishqibozlari uchun
| Pxi-Pxi orollari. Similian orollari. Racha va Marjon orollari. Ko Xong (Krablar) oroliga safar. |
Sarguzashtlar va ekstrim ishqibozlari uchun
| Kxao Sok milliy bog‘iga ekskursiya. Pxuket o‘rmonlari va sharsharalari. Jeyms Bond oroli va Phang Nga ko‘rfazi. |
Romantik hordiq uchun
| Quyosh botish paytida katamarandagi dengiz sayohati. Ko Xong oroliga sayohat. Pxi-Pxi orollari. |
Bolali oilalar uchun | Phuket PhantaSea. Pxuket bo‘ylab ekskursiya. Racha va Marjon orollari. |
Tabiat va go‘zal manzaralarni qadrlovchilar uchun
| Kxao Sok bo‘ylab sayohat. Jeyms Bond oroli va Phang Nga ko‘rfazi. Pxuket o‘rmonlari va sharsharalari. Ko Xong (Krablar) oroliga sayohat. |
Madaniyat va tarix ixlosmandlari uchun
| Pxuket bo‘ylab ekskursiya. Phuket PhantaSea. |
Toshkentdan parvoz orqali turlarga chegirma oling.
FUN&SUNdan chegirma.