+30 daraja issiq: 5-aprel kungi ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

“Oʻzgidromet” 5-aprel, shanba kuni Oʻzbekiston boʻylab qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Navoiy va Buxoro viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, kuchli boʻlishi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 12-17° boʻladi.