Aloqada bo‘ling

36,6 endi normal harorat emasmi? Hozirda qanday tana harorati optimal hisoblanishi haqida batafsil

36,6 endi normal harorat emasmi? Hozirda qanday tana harorati optimal hisoblanishi haqida batafsil

Standartlarga koʻra, normal tana harorati 36,6˚C edi. Biroq bu endi meʼyor emas. Diapazon kengaytirildi — hozirgi tibbiyot jinsi va oʻlchash joyiga qarab 35,5 dan 37,2˚C gacha boʻlgan haroratni normal deb hisoblaydi.

Masalan, tugʻish yoshidagi ayollarda hayz davrining boshlanishidan 2 hafta oldin tana harorati 36,2-36,5˚C gacha pasayadi.

Qoʻltiqosti chuqurchasidagi harorat meʼyori:

  • chaqaloqlar uchun — 36,8˚C;
  • 3 yoshli bolalar uchun — 37,4˚C;
  • 6 yoshli bolalar uchun — 37,0˚C;
  • jinsiy balogʻatga yetgan erkaklar va ayollar uchun — 36,8-36,9˚C;
  • 65 yoshdan oshgan odamlar uchun — 36,3˚C.

Eslatma: odamlar 29,5°C da hushini yoʻqotadi va 26,5°C dan past haroratda hayotdan koʻz yumadi.