Sport

Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir”ning tibbiy ko‘rigidan o‘ta olmadi degan xabarlar rostmi?

Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir”ning tibbiy ko‘rigidan o‘ta olmadi degan xabarlar rostmi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning “SSKA” jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning Turkiyaning “Bashakshehir” klubiga o‘tishi bo‘yicha kelishuv barbod bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Biroq “SSKA” klubi matbuot xizmati vakili Kirill Breydo bu da’volarni qat’iyan inkor etdi. Unga ko‘ra, Fayzullayev 22-iyul kuni Turkiyaga uchib borgan va tibbiy tekshiruv 23-iyul — ertaga bo‘lib o‘tadi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

— Abbos aynan transfer doirasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘lga chiqqan. Tekshiruv ertaga rejalashtirilgan. Hozirda ikkala klub ham bitimni huquqiy jihatdan rasmiylashtirish ustida ishlamoqda, — deya ta’kidlagan Breydo Match TV’ga bergan izohida.

Eslatib o‘tamiz, bir nechta OAVda Fayzullayev “Bashakshehir”da o‘tgan tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan degan da’volar ilgari surilgandi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi 7,5 million yevro evaziga “Bashakshehir” klubiga o‘tishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, u Istanbul klubi bilan 2 yoki 3 yillik shartnoma imzolaydi.