Abbosbek Fayzullayev Rossiya kubogi sohibiga aylandi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

“Lujniki” stadionida futbol bo‘yicha Rossiya kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Kubok uchun SSKA va Rostov kurash olib bordi.
Finalchilar o‘rtasidagi o‘yinning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi. Natijada SSKA penaltilar seriyasida muvaffaqiyat qozondi.
Uchrashuvning 73-daqiqasida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev maydonga tushdi. O‘yinchi unchalik esda qolmadi, ammo SSKA muxlislari uni qo‘llab-quvvatladi.
Eslatib o‘tamiz, SSKA to‘qqizinchi marta Rossiya kubogi sohibiga aylandi. Fayzullayev ilk bor Rossiyada sovrinni qo‘lga kiritdi.