Aloqada bo‘ling

Abdumalik Halokov Olimpiya oʻyinlari oltin medali sohibi boʻldi

Muallif: Mahkamov Humoyun
Abdumalik Halokov Olimpiya oʻyinlari oltin medali sohibi boʻldi

Delegatsiya bayroqdori debyut Olimpidasidayoq zafar quchdi. Oʻzbekiston sportchilari qoʻlga kiritgan oltin medallar soni yettitaga yetdi.

-57 kg vazn toifasida harakat qiladigan Abdumalik Halokov finalda qirgʻizistonlik Munarbek Seitbek Uuluga qarshi jang qildi.

Birinchi raundda Abdumalik 5:0 hisobida ustun keldi. Ikkinchi raundni ham oʻzbekistonlik bokschi xuddi shunday hisobda yakunladi.

Uchinchi raundda ham raqibiga imkon qoldirmagan Abdumalik Halokov Parij Olimpiadasi oltin medaliga sazovor boʻldi.