Sport

Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining eng tezkor futbolchilari qatoridan joy oldi

Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining eng tezkor futbolchilari qatoridan joy oldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va “Manchester Siti” klubi futbolchisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasidagi eng tez harakatlanadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda “Give Me Sport” nashri ma’lumot bergan.

Manbaga ko‘ra, yosh himoyachi joriy mavsumda 36,27 km/soat tezlikda harakat qilgan va bu ko‘rsatkich bilan liganing eng tezkor o‘yinchilari orasida 8-pog‘onani egallagan. Husanov bu natijani APL 28-turidan o‘rin olgan “Nottingem Forest”ga qarshi bahsda qayd etgan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Premer Liganing eng tez futbolchisi esa “Tottenhem” klubi vakili Mikki van de Ven bo‘lib, u 37,38 km/soat tezlik bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda esa Entoni Elanga (“Nyukasl”) va Brayan Mbeumo (“Brentford”) joylashgan — har ikkalasi ham 36,65 km/soat ko‘rsatkichni qayd etgan.

Eng tezkor futbolchilar ro‘yxatida Husanov bilan bir qatorda “Manchester Siti”dan yana bir futbolchi — Erling Holand (36,01 km/soat) ham bor. U ro‘yxatda to‘qqizinchi o‘rinni band etgan.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2025-yil qishida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgandi. U yangi jamoasida APL doirasida 6 uchrashuvda ishtirok etgan. Bundan tashqari, Angliya Kubogi, Chempionlar Ligasi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

Hozirda 21 yoshli futbolchining “shaharliklar” bilan tuzgan shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali unga 35 million yevro qiymat belgilagan.