Sport

Abduqodir Husanov APLning boshqa grand klubiga o‘tishi mumkin

Abduqodir Husanov APLning boshqa grand klubiga o‘tishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi ehtimoldan xoli emas. Bu haqda Scout in Eurasia nashri xabar berdi.

Manbada qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” skautlari yosh futbolchining holatini diqqat bilan o‘rganmoqda va uni yangi mavsum uchun jamoani kuchaytirishga loyiq nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Eslatib o‘tamiz, Husanov 2024-yilning qishki transfer oynasida “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolagan edi. Biroq hozircha u klubda muntazam o‘yin amaliyotiga ega emas. Shu sababli ijaraga berilishi ehtimoli ortib bormoqda.

Nashr bergan ma’lumotga ko‘ra, “Yunayted” skautlaridan biri shunday degan: “Men Husanovni birinchi bo‘lib kashf qilgan skautman. Markaziy Osiyo futbolining salohiyati juda yuqori, deb hisoblayman”.

Ta’kidlash joizki, “Manchester Yunayted” Angliyaning eng nufuzli klublaridan biri sanaladi. Klub tarixida 13 ta Angliya Premyer Ligasi chempionligi, 13 ta Angliya kubogi va 3 ta UEFA Chempionlar Ligasi g‘alabasi mavjud.