Aloqada bo‘ling

Abduqodir Husanov bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini ko‘rsatdi

Abduqodir Husanov bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini ko‘rsatdi

Mashhur futbolchi Abduqodir Husanov sevgan qizining qo‘lini so‘radi. Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Xabarlarga ko‘ra, sportchining to‘yi 27 may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Unga o‘zbek va jahon sportining ko‘plab yulduzlari keladi.

Videolarda Husanov qizning qo‘lini so‘rayotgan jarayon tasvirlangan. Uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i ro‘molda ekani ko‘ringan.

Futbolchi kimga uylanayotgani haqida aniq maʼlumotlar yo‘q. Juftlik to‘ydan so‘ng Manchester shahriga ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan.