Sport

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da tibbiy koʻrikdan oʻtmoqda

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da tibbiy koʻrikdan oʻtmoqda

Oʻzbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov ayni vaqtda Manchesterning “Siti” klubi qarorgohida tibbiy tekshiruvlardan oʻtyapti.

U Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da koʻrikdan oʻtishga kirishgan. Futbolchining agentlari aytishicha, jarayon kamida bir necha soat vaqtni oladi.

Katta ehtimol bilan, bugun yoki yaqin bir necha kunda Husanovning transferi haqida rasmiy maʼlumot beriladi. Pep Gvardiola u bilan birgalikda yana ikki oʻyinchini sotib olgan.