Aloqada bo‘ling

Abduqodir Husanov portreti kubik-rubiklardan yasaldi

Abduqodir Husanov portreti kubik-rubiklardan yasaldi

Oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning portreti kubik-rubiklardan terib chiqildi.

Ukrainalik bloger Aleksandr Ivanchak “Manchester Siti” himoyachisining portretini  oʻziga xos tarzda yasagan.

Ushbu videoni Manchester klubi oʻz sahifasida ulashib, “Khusanov portreti” deya izoh yozib qoldirgan.

Bundan avvalroq oʻzbekistonlik rassom Shohruh Suyunov birvarakayiga “Siti”ning 9 nafar futbolchisi suratini chizgandi.