AbroBey yangi trek va unga ishlangan klipni eʼlon qildi
                            Muallif: 
            
                                                Shohzamon Shuhratov
                                    
                            
            
            Hip-hop ijrochisi AbroBey yangi trek va unga ishlangan klipni eʼlon qildi. U “Goʻzal” deb nomlanadi.
Klipga Maʼmurjon Obrahmatov rejissyorlik qilgan. Qoʻshiq matni AbroBeyning oʻziga tegishli, Yevgeniy Voyshev saund prodyusser sifatida ishlagan.
Klip bir kun ichida 200 ming martadan ortiq tomosha qilingan. Unga qariyb 9 ming kishi layk bosgan va mingga yaqin izohlar yozib qoldirilgan.
Shuningdek, klipda AbroBeyni yangicha uslubda koʻrish mumkin. U sochini jingalak qilgan, muxlislar bu element klipga oʻzgacha ruh bagʻishlaganini yozmoqda.