Afsonaviy “Tatu” guruhi 15 yildan so‘ng qaytmoqda
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

“Tatu” dueti — Yuliya Volkova va Yelena Katina 15 yillik tanaffusdan keyin birlashganini rasman tasdiqladi. Bu haqda san’atkorlarning o‘zlari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi.
“Hamma narsa haqida hammasi — ko‘zlarimizda, va nafaqat. Oldinda ko‘plab yangi va qiziqarli narsalar kutmoqda. Ketdik!” — deya ular Instagram'dagi qo‘shma postlarini “You and I” qo‘shig‘i bilan to‘ldirib, shunday izoh qoldirishdi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Tatu guruhining qaytishi haqidagi mish-mishlar iyun oyi boshida qo‘shiqchilar birgalikda tushgan suratini e’lon qilgach, muxlislar o‘rtasida qizg‘in muhokamalar uyg‘otib, sezilarli darajada kuchaygandi.