Kino

"Ajdarho uyi": serial syujeti, aktyorlari, mavsumlari, reytingi va oxirgi yangiliklari

"Ajdarho uyi": serial syujeti, aktyorlari, mavsumlari, reytingi va oxirgi yangiliklari

"Ajdarho uyi" (House of the Dragon) - Jorj R.R. Martin va Rayan Kondallar tomonidan yaratilgan Amerika fantastik drama seriali. Serial mashhur "Taxtlar o‘yini"ning prekveli va "Muz va olov qo‘shig‘i" franshizasining ikkinchi loyihasidir. Alanga va qon" (2018) kitobining alohida boblari asosidagi ajdaholar va qit’a taqdiri ustidan hukmronlik qilgan Vesteros hukmdorlari - Targarienlar sulolasining tarixi ochib berilgan.

Voqealar "Taxtlar o‘yini" hodisalaridan taxminan 200 yil oldin, Targarienlar xonadoni qudratli bo‘lgan davrda ro‘y beradi, ammo ichki qarama-qarshiliklar va taxt uchun kurashlar tarixga Ajdarlar raqsi nomi bilan kirgan qonli fuqarolar urushiga olib keldi.

Surat: texterra.ru

“Ajdarho uyi” seriali necha mavsum va qismdan iborat

2025-yilning iyun holatiga ko‘ra, serial ikkita to‘liq chiqarilgan mavsumdan va rasman e’lon qilingan uchinchi va to‘rtinchi mavsumlardan tashkil topgan.

MavsumQismlar soniChiqqan sanalari
Birinchi1021.08.2022-23.10.2022
Ikkinchi816.06.2024-04.08.2024

“Ajdarho uyi” serialining reytingi va baholari

Serial professional tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan yuqori baholangan. Masalan, IMDb bo‘yicha 8.3/10 ballga erishgan.

"Ajdarho uyi"ning syujeti - qisqacha tavsifi

Surat: ria.ru

Serial Targarienlar xonadonining ikki tarmog‘i o‘rtasidagi taxt uchun kurash - Ajdarlar raqsining kelib chiqishi va rivojlanishini batafsil ochib beradi. Qirol Vizeris I Targariyenning vafotidan so‘ng, uning merosxo‘r etib tayinlangan qizi Reynira va zodagonlarning bir qismi hamda qirollik gvardiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ikkinchi nikohidan tug‘ilgan o‘g‘li Eygon II o‘rtasida ziddiyat avj oladi.

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!

Asosiy sujet chiziqlari

  • Reyniraning an’analarga zid ravishda Temir taxtning birinchi ayol merosxo‘ri etib tayinlanishi.
  • "Qoralar" (Reynira tarafdorlari) va "yashillar" (Eygon II va qirolicha Alisenta tarafdorlari) guruhlari o‘rtasidagi fitnalar va hokimiyat uchun kurash.
  • Vesterosning bo‘linishi, ommaviy xiyonatlar, siyosiy nikohlar va qonli qatllar.
  • Ajdarlarning qurol va hokimiyat ramzi sifatidagi roliga e’tibor qaratish.
  • Qahramonlarning oilaviy fojialari, shaxsiy ambitsiyalari va axloqiy muammolarining chuqur ochib berilishi.

"Ajdarho uyi" serialini suratga olish g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi

Surat: drakona-dom.ru

"Ajdarho uyi" serialini yaratish g‘oyasi "Taxtlar o‘yini" filmi muvaffaqiyatidan so‘ng darhol paydo bo‘lmadi, balki HBO telekanalida va koinot mualliflari o‘rtasida uzoq muhokamalar, ijodiy izlanishlar va hatto ichki bahslar natijasida yuzaga keldi. "Taxtlar o‘yini"ning sakkizinchi mavsumi tugagandan so‘ng, HBO rahbariyati franshizaning ajoyib muvaffaqiyatini qo‘ldan boy bermaslik kerakligini tushundi, ammo shu bilan birga, millionlab muxlislarning hafsalasini pir qilmaslik va asl syujetlarni takrorlamaslik muhim edi.

Dastlabki qadamlar va konsepsiyani tanlash

Surat: wink.ru

"Muz va olov qo‘shig‘i" muallifi Jorj R. R. Martin asosiy saga ustida ishlash jarayonidayoq Vesteros dunyosini kengaytirish haqida o‘yladi. 2018-yilda u "Alanga va qon" kitobini nashr etadi, unda Targarienlar xonadonining tarixi - ularning Vesterosga kelishidan tortib "Taxtlar o‘yini"dan oldingi voqealargacha batafsil tasvirlangan. Aynan Ajdarlar raqsi boblari HBO prodyuserlarining e’tiborini tortadi, chunki ularda boy dramaturgiya, keng ko‘lamli janglar, fitnalar va noyob qahramonlar mavjud edi.

Dastlabki bosqichlarda prikvellarning bir nechta variantlari muhokama qilindi. G‘oyalar orasida Uzun tun va Oq yo‘lovchilarga aylanishi, Tun qirolining sarguzashtlari, shuningdek, Eygon I Targariyenning Vesterosni zabt etishi haqidagi loyihalar bor edi. Biroq aynan Ajdarlar raqsi - Targarienlar xonadonining ikki tarmog‘i o‘rtasidagi fuqarolar urushi - tomoshabinga tanish olamga yangicha nazar tashlashga qodir bo‘lgan eng boy va kinematografik mavzu bo‘lib tuyuldi.

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!

Ishlab chiqishdagi qiyinchiliklar

"Ajdarho uyi" ustidagi ishlar garchi muhokamalar undan ham oldinroq boshlangan bo‘lsa-da, rasman 2019-yilning oktyabr oyida boshlangan. Qizig‘i shundaki, loyiha dastlab "Ajdarlar raqsi" (Dance of the Dragons) deb nomlanishi kerak edi, ammo keyinchalik tarixning sulolaviy va oilaviy xususiyatini ta’kidlash uchun nom "Ajdarho uyi"ga o‘zgartirildi. Qaror osonlikcha qabul qilinmadi: "Taxtlar o‘yini"dan keyingi flagman aynan qaysi loyiha bo‘lishi haqida HBO doirasida qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi. Boshqa prikvellarning ba’zi dastlabki asarlari hatto butunlay suratga olingan, ammo sinov auditoriyasining qoniqarsiz sharhlari va prodyuserlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli hech qachon chiqarilmagan edi.

Ijodiy jamoa

"Ajdarho uyi" serialining ishga tushirilishida senariy muallifi, Martin kitoblarining ashaddiy muxlisi va uning shaxsiy do‘sti Rayan Kondal muhim rol o‘ynadi. Kondal senariyning yaxlitligi va asl manbaga sodiqligiga mas’ul bo‘lgan jamoaning g‘oyaviy ilhomlantiruvchisi va yetakchisiga aylandi. Aynan u moslashuv "Alanga va qon"ning ruhi va tafsilotlarini, shuningfek qahramonlarning psihologik teranligini iloji boricha aniq yetkazishni talab qildi.

Surat: film.ru

Migel Sapochnik ikkinchi shou-ranner va bosh rejissyor bo‘ldi, u "Taxtlar o‘yini" filmi orqali mashhurlikka erishgan edi (u "Bastardlar jangi" va "Qish shamollari" kabi mashhur filmlarni suratga olgan). Sapochnik vizual uslub, jang sahnalarining ko‘lami va hissiy keskinlik uchun mas’ul edi. O‘z intervyusida u shunday deydi:

"Bu endi avvalgi hikoya ham, oldingi qahramonlar ham emas. Serial senariy rivoji, vizual uslub va syujetni taqdim etish nuqtai nazaridan yuksam bosqichni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Ammo shu bilan birga, odamlar "Taxtlar o‘yini"ni ko‘rishni xohlashlarini tushunamiz va biz ularning hafsalasini pir qilmasligimiz kerak edi". 

Pandemiyaning ta’siri va tasvirga olish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari

Qizig‘i shundaki, COVID-19 pandemiyasi "Ajdarho uyi" ishlab chiqarish jadvaliga deyarli ta’sir qilmadi. Ko‘pgina loyihalar kechiktirilgan yoki muzlatilgan bo‘lsa-da, HBO "Taxtlar o‘yini" davrida orttirilgan tajriba va logistika yordamida filmni Buyuk Britaniya hamda Ispaniyada suratga olishni tashkil etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu keng ko‘lamlilik va vizual sifatni saqlab qolish, shuningdek, maxsus effektlar, dekoratsiyalar va liboslar bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilish imkonini berdi.

Nega aynan "Ajdarho uyi"?

Surat: lenta.ru

Ajdarlar raqsi haqidagi hikoyani tanlash nafaqat materialning boyligi, balki tomoshabinga Vesterosning yangi tomonlarini ko‘rsatish istagi bilan ham bog‘liq edi. "Taxtlar o‘yini"dan farqli o‘laroq, turli xonadonlar o‘rtasida fitnalar sodir bo‘lgan, bu yerda butunvoqealar bir oila ichida jamlangan, bu esa mojaroni yanada fojiali va hissiy jihatdan boy qildi. Bundan tashqari, ijodkorlar zamonaviy tomoshabin uchun ayniqsa muhin bo‘lgan hokimiyat, meros va fuqarolar urushining halokatli oqibatlari mavzusini ochib berishga intildi.

Jorj Martinning serialni yaratishdagi o‘rni

Surat: kinopoisk.ru

Jorj Martin senariyni ishlab chiqishda, asosiy syujet chiziqlarini tasdiqlashda va aktyorlarni tanlashda faol ishtirok etdi. Uning ta’siri - siyosiy fitnalardan tortib ajdarlar xarakterigacha bo‘lgan har bir detalda seziladi. Martin "Ajdarho uyi"ning shunchaki prikvel emas, balki asl doston bilan yaxshi tanish bo‘lganlarni ham hayratga sola oladigan mustaqil asar ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.

Koinot rivoji va HBO uchun yangi bosqich

Uzoq izlanishlar, ijodiy bahslar va o‘nlab mutaxassislarning sa’y-harakatlari natijasida "Ajdarho uyi" nafaqat uzoq kutilgan prikvel, balki fantastik seriallarning yangi etaloniga aylandi. U "Taxtlar o‘yini" bilan davomiylikni saqlab qoldi, lekin shu bilan birga tomoshabinga Vesteros dunyosiga yangicha qarashni, yangi to‘qnashuvlar va noyob qahramonlarni taqdim etdi, bu esa uning butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislari orasida muvaffaqiyatga erishishini ta’minladi.

“Ajdarho uyi”dagi aktyor va qahramonlar

Serial kuchli kasti bilan ajralib turadi, unda ko‘plab rollar katta vaqt oralig‘ini qamrab olgani uchun qahramonning yoshiga qarab turli aktyorlar tomonidan ijro etildi.

  • Emma D’Arsi - Reynera Targarien, taxt merosxo‘ri, Vizeris I ning qizi
Surat: kino-teatr.ru
  • Мett Smit — Deymon Targarien, qirolning ukasi, xarizmatik va xavfli shahzoda.

Surat: kino-teatr.ru
  • Оliviya Kuk — Alisenta Xaytauer, qirolning ikkinchi xotini, Eygon II ning onasi, siyosiy o‘yinchi.

Surat: kino-teatr.ru
  • Ris Ivans — Otto Xaytauer, qirolning o‘ng qo‘li, Alisentaning otasi.

Surat: kino-teatr.ru
  • Peddi Konsidayn — Vizeris I Targarien, uning merosxo‘rlik qarori fojialar zanjirini boshlab bergan qirol (1-mavsum).

Surat: kino-teatr.ru
  • Stiv Tussen — Korlis Velarion, "Dengiz iloni," qudratli xonadon boshlig‘i, Reyniraning ittifoqchisi.

Surat: kino-teatr.ru
  • Iv Best — Reynis Targariyen, "Hech qachon qirolicha bo‘la olmagan" Korlisning rafiqasi.

Surat: soyuz.ru
  • Tom Glinn Karni — Eygon II Targariyen, Alisentaning o‘g‘li, taxt da’vogari.

Surat: kino-teatr.ru

Ikkinchi darajali, ammo muhim rollarni Faben Frankel (Kriston Kol), Sonoya Mizuno (Missariya), Jon Makmillan (Leynor Velerion), Emili Keri va Milli Olkok (Alisenta va Reyniraning yosh davrlari) ijro etadi.

"Ajdarho uyi"ning rejissorlari va ijodkorlari kimlar

  • Shourannerlar: Rayan Kondal (ikkala mavsum), Migel Sapochnik (1-mavsum).
  • Rejissyorlar: Migel Sapochnik, Greg Yaytanes, Kler Kilner, Geyb Fonseka, Kevin Lau, Ayra Parker va boshqalar.
  • Bastakor: Ramin Javadi, "Taxtlar o‘yini" serialidagi musiqa muallifi.

"Ajdarho uyi" seriali haqidagi qiziqarli faktlar

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!

  • Birinchi epizodni 10 millionga yaqin tomoshabin ko‘rdi, bu HBO telekanali uchun rekord bo‘ldi.
  • Serial BAFTA, "Emmi" va "Oltin globus" kabi 65 dan ortiq nominatsiyalarga sazovor bo‘ldi.
  • "Ajdarho uyi"dagi temir taxt tubdan o‘zgartirildi - u kattaroq va kitob tavsifiga yaqinroq bo‘ldi, bezakchilar uni bezash uchun 2500 ta po‘lat tayoqchani qo‘lda yaratdilar.
  • Qizil qal’ani suratga olish uchun 2300м² dan ortiq keng ko‘lamli bezaklar yaratildi.
  • Serialda 17 xil ajdarho paydo bo‘ladi, ularning har biri o‘ziga xos xarakter va tashqi ko‘rinishga ega.
  • Ajdarlar raqsining tarixiy asosi XII asrdagi Angliya fuqarolar urushi bo‘lib, u Anarxiya deb nomlanadi.
  • Birinchi mavsumda 9 ta ajdar, ikkinchisida esa yana bir nechta ajdar, jumladan, yangi chavandozlar namoyish etilgan.

Oxirgi mavsum nima bilan yakunlandi

Surat: forbes.ru

Ikkinchi mavsum yuqori ohangda yakunlandi, ammo oxirida keng ko‘lamli janglar bo‘lmagani uchun muxlislarning noaniq munosabatiga sabab bo‘ldi.

2-mavsum yakuniy seriyasining asosiy voqealari:

  • Lyutseruis halokatidan so‘ng Reynira va uning tarafdorlari urushga tayyorgarlik ko‘rishadi, ammo ehtiyotkorlik bilan harakat qilishadi.
  • Deymon Targarien Eymondga suiqasd uyushtiradi, ammo buning o‘rniga Alisentaning o‘g‘li yosh shahzoda Jeyxeris halok bo‘ladi, bu "qoralar" va "yashillar" o‘rtasidagi keskinlikning yangi bosqichiga aylanadi.
  • Qirollik qarorgohida isyon ko‘tariladi, oddiy xalq Reynirani qo‘llab-quvvatlaydi, "yashillar" poytaxt ustidan nazoratni yo‘qotadi.
  • Mavsum yakunida Reyna Targaryen yangi ajdarhoni topadi va ikkala tomon ham hal qiluvchi jang uchun kuch to‘playdi.
  • Eygon II poytaxtni tark etadi, Otto Xaytauer esa qamoqqa olinadi.

Keyingi qism va mavsumda nimalar bo‘lishi mumkin: muxlislarning taxmin hamda fikrlari

Surat: rbk.ru

Ichinchi mavsum rasman e’lon qilindi va insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, "qoralar" va "yashillar" flotlari o‘rtasidagi Halqumdagi keng ko‘lamli dengiz jangi bilan boshlanadi. Senariy mualliflari ko‘proq jang sahnalari va ajdarho duellarini, shuningdek, Velarionlarning bosh qahramonlari chiziqlarini rivojlantirishni va Xarrenxollning taqdirini ochib berishni va’da qilmoqdalar.

Ehtimoliy syujet yo‘nalishlari:

  • Qirollik bandargohi va Ajdar toshi uchun ochiq urush.
  • Yangi ajdarlar va ularning chavandozlari, jumladan, Addam Velyarionning paydo bo‘lishi.
  • Ziddiyatda bastardlar va ikkinchi darajali uylar rolining kuchayishi.
  • Xarrenxollning sirlarining oshkor bo‘lishi, yangi sehrli elementlar va Oq yo‘lovchilar tarixi (ehtimol, Deymonning ko‘rinishlari orqali).
  • Targarienlar xonadonining yanada tanazzulga uchrashi va qulashi, ularning "Taxtlar o‘yini" voqealariga zaiflashishiga olib keladi.

Muxlislar uchinchi mavsum eng tomoshabop va fojiali bo‘lishini, butun sagayakuni esa Targariyenlar tarixining munosib sarhisobi bo‘lishini kutishmoqda.

Nima uchun "Ajdaho uyi" fantastik seriallarning yangi etaloni

"Ajdaho uyi" shunchaki prikvel emas, balki keng ko‘lamli janglar, murakkab siyosiy fitnalar va chuqur shaxsiy fojialarni o‘zida mujassam etgan mustaqil asardir. Serial "Taxtlar o‘yini" merosini muvaffaqiyatli rivojlantiradi, ammo shu bilan birga, oilaviy mojarolar, sulolaviy nizolar va ajdarlar sehriga urg‘u berib, o‘z yo‘lidan boradi. Aktyorlik mahorati, rejissura va vizual effektlarning yuqori darajasi, shuningdek, tarixiy asos va tafsilotlarga e’tibor uni zamonaviy seriallar olamidagi eng yorqin voqealardan biriga aylantiradi.

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!