Aktrisa Feruza Normatovaga eri katta guldasta sovg‘a qildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov
Taniqli aktrisa Feruza Normatova Instagram sahifasiga hashamatli guldasta bilan tushgan suratini joyladi va bu uning kuzatuvchilari e’tiborini tortdi.
Yulduz o‘z hikoyalarida “Rahmat, hayotim” deb yozgan. Muxlislar bu ajoyib sovg‘a yaqinda bo‘lib o‘tgan to‘y haqidagi yangiliklar fonida uning turmush o‘rtog‘i tomonidan taqdim etilganiga deyarli ishonishadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Feruza Normatova ajoyib kelinlik libosi bilan ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Normatova so‘nggi yillarda o‘zining turmush qurishi haqidagi savollarga javoblari bilan doimiy e’tibor markazida bo‘lib kelayotgandi. Aktrisaning to‘yi 2025-yil 15-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi.