Aloqada bo‘ling

Aktrisa Feruza Normatova xeytlar ortidan yig‘lab yubordi

Aktrisa Feruza Normatova xeytlar ortidan yig‘lab yubordi

Taniqli aktrisa va bloger Feruza Normatova Instagram’dagi stories’da unga qarshi tarqatilgan tanqid va mish-mishlarga javoban hissiyot bilan chiqish qildi. U videoda birinchi marta yig‘layotganini aytib, doimiy tuhmatlar va yolg‘on ayblovlar tufayli ruhiy jihatdan charchaganini bildirdi.

“Meni ‘uchinchi xotin’ deb atashdi, Dubayda videolarim tarqalgani haqida yozishdi, ‘to‘rtta abort qilgan’ deyishdi. Bu gaplarning hech biriga isbot yo‘q,” — dedi Normatova.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u yaqinda haj safaridan qaytgan va agar bu mish-mishlar rost bo‘lsa, “Xudo uni qabul qilmasin”, deya ta’kidladi. U o‘z chiqishida ruhiy charchoq va bosimdan bezor bo‘lganini, lekin baribir haqiqat uchun kurashishda davom etishini ham qo‘shimcha qildi.

Feruza Normatovaning ushbu chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans keltirdi — ko‘plab foydalanuvchilar aktrisani qo‘llab-quvvatlab, unga sabr va kuch tilashdi.