Aloqada bo‘ling

Aktrisa Feruza Yusupova onasiga mashina sovg‘a qildi

Aktrisa Feruza Yusupova onasiga mashina sovg‘a qildi

Taniqli aktrisa Feruza Yusupova onasiga yangi BYD rusumli avtomobilni sovg‘a qilib, kutilmagan syurpriz uyushtirdi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi va sovg‘ani topshirish paytidagi videoni ham ulashdi.

Feruza o‘z postida onasi eng mehribon va kuchli insonlardan biri ekanini, faqat eng yaxshi narsalarga loyiq ekanini ta’kidladi.

Syurpriz yashirincha tayyorlangandi: Feruza turmush o‘rtog‘i bilan avtomobilni sotib olib, darhol uyga olib kelishdi. Aktrisa shunchalik hayajonlanganini, hatto yuragi ko‘ksidan chiqib ketayozganini tan oldi.

U o‘z postini quyidagi so‘zlar bilan yakunladi: “Bundan ham zo‘rlarini ota-onamizga hadya qilib yurish barchamizga nasib esin. Sizi yaxshi ko‘raman oyijon!”