Aloqada bo‘ling

Aktrisa Zarina Nizomiddinova qomatini tanqid qilganlarga javob qaytardi

Aktrisa Zarina Nizomiddinova qomatini tanqid qilganlarga javob qaytardi

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur aktrisa Zarina Nizomiddinovaning qomati tanqidga uchradi. Aktrisa jim turmay, o‘zining Telegram kanalida obunachilariga munosabat bildirdi.

Ijodkorning yozishicha, uning qorni ko‘rinib turgan ko‘ylak muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ayrimlar hattoki aktrisa navbatdagi farzandiga homilador degan versiyani ilgari surmoqda. Ammo bunday emas.

Nizomiddinova hazil bilan shunday javob qaytardi: “Shu ko‘ylakda qornim chiqib qolgani rosa muhokama bo‘ldi. To‘xtovsiz somsa, xonim, norin, osh yeganimdan keyin, albatta, qorin paydo bo‘ladi-da!”

U o‘zbek kinosining taniqli aktrisalaridan biri bo‘lib, ko‘plab filmlar va seriallarda bosh rollarni ijro etgan. Aktrisa o‘zining faol ijodi, sahnadagi tabiiyligi bilan tomoshabinlar orasida e’tibor qozongan.