“Amadey” seriali ilk tizeri namoyish etildi

Sky telekanali “Amadey” biografik serialining debyut tizerini taqdim etdi. Kompozitor Volfgang Amadey Motsart hayotiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv dekabr oyida efirga uzatiladi.
Serial syujeti Motsartning XVIII asr oxiridagi Venadagi yoshlik davrini yoritadi. U yerda bo‘lajak rafiqasi Konstansiya hamda ashaddiy dushmani Antonio Saleri bilan tanishadi.
Serialdagi rollarni Uill Sharp (“Oq nilufar”), Pol Bettani (“Vanda/Vijn”) va Gabriel Krivi ijro etgan. Ko‘rsatuv Piter Shefferning aynan shu nomdagi teatr pyesasiga asoslangan. Ushbu asar asosida 1984-yilda “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan film ham suratga olingan edi.
“Amadey” ustida “Qarz/uyat” seriali mualliflari Jo Barton va Julian Farino mehnat qilgan. Aniq chiqish sanasi keyinroq e’lon qilinadi.