Kino

“Amaliy sehr 2” filmining suratga olish ishlari yakunlandi

“Amaliy sehr 2” filmining suratga olish ishlari yakunlandi

Nikol Kidman ijtimoiy tarmoqlarda “Amaliy sehr 2” filmining suratga olish jarayoni yakunlangani haqida ma’lum qildi.

Filmning navbatdagi qismi 2026-yil 18-sentyabrda xorijiy kinoteatrlarda namoyish etiladi.

Kidman va Sandra Bullok yana Ouens jodugar opa-singillar rolini ijro etishadi. Aktyorlar tarkibiga Joyi King, Meysi Uilyams, Li Peys, Dayenn Uist va Stokard Chenning ham qo‘shildi.

Filmni Syuzanna Bir (“Orqaga qaytish”) rejissyorlik qiladi. Syujet tafsilotlari sir saqlanmoqda. Asl “Sehr” filmi 1998-yilda ekranlarga chiqqan va Elis Uokerning shu nomdagi romaniga asoslangandi.