Aloqada bo‘ling

Andijon aeroporti faoliyati tiklanmoqda

Andijon aeroporti faoliyati tiklanmoqda

Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 20-martdan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.

Aviachiptalar allaqachon sotuvda. US601/US602 aviaqatnovlari seshanba va payshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 11:20, Andijonga yetib borish soat 12:20;
  • Andijondan jo‘nab ketish soat 13:00, Toshkentga yetib kelish soat 14:00.

Bir tomonga aviachiptalar narxi 337 000 so‘mdan, Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 674 000 so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni silk-avia.com saytidan, mobil ilovadan, barcha xalqaro aeroportlardan va Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilish mumkin.