Aloqada bo‘ling

Andijonda shinam chiqindixona paydo boʻldi

Muallif: Mahkamov Humoyun
Andijonda shinam chiqindixona paydo boʻldi

Yangi chiqindixona doimiy boʻlib, yogʻingarchilikdan soyabon bilan himoyalangan. Xodimlar dam olishlari uchun alohida xonalar ajratilgan. Atrof-muhit obodonlashtirilgan.

Andijon viloyatida zamonaviy qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlarini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Birinchi inshoot foydalanishga topshirilgan.

Yangi chiqindixona doimiy boʻlib, yogʻingarchilikdan soyabon bilan himoyalangan. Xodimlar dam olishlari uchun alohida xonalar ajratilgan. Atrof obodonlashtirilgan, gullar ekilgan.

Yil oxiriga qadar Andijon viloyatining barcha tumanlarida ham shunday chiqindi yigʻish punktlari paydo boʻlishi rejalashtirilgan. Viloyat hokimi birinchi namunalarni shaxsan oʻzi koʻzdan kechirgan.