Kino

“Andora” yulduzi Greta Gervigning “Narniya solnomalari” filmida rol o‘ynaydi

“Andora” yulduzi Greta Gervigning “Narniya solnomalari” filmida rol o‘ynaydi

Irlandiyalik aktrisa Deniz Gof (“Andora”) Netflix striming xizmati va rejissyor Greta Gervig tomonidan suratga olinishi kutilayotgan “Narniya solnomalari” filmining aktyorlar tarkibiga qo‘shildi.

Gofga salbiy qahramonlardan birining roli topshirildi. Filmda Deniel Kreyg, Keri Malligan, Emma Maki va Aslan sherini ovoz bergan Meril Strip ham rol o‘ynaydi.

Loyiha asosiy hikoyaning oldingi voqealarini tasvirlovchi “Sehrgarning jiyani” romaniga asoslanadi.

“Narniya solnomalari” 2026-yil noyabr oyida namoyish etiladi. Film shuningdek, IMAX formatida ham chiqariladi.