Aloqada bo‘ling

Anjelina Joli ishtirokidagi “Mariya” filmi treylerni eʼlon qilindi

Muallif: Mahkamov Humoyun
Anjelina Joli ishtirokidagi “Mariya” filmi treylerni eʼlon qilindi

Netflix “Mariya” biografik dramasining debyut treyler-tizerini eʼlon qildi. Unda bosh rolni “Oskar” mukofoti sovrindori Anjelina Joli ijro etgan.

Kartina suratga olish ishlarini Pablo Larrain (“Jeki,” “Spenser”) boshqargan. Film 1970-yillarda Parijda opera malikasi Mariya Kallas hayotining soʻnggi kunlari haqida hikoya qiladi.

Filmda Perfranchesko Favino, Alba Rorvaxer, Kodi Smit-Makfi, Valeriya Golino, Haluk Bilinger va boshqalar ham suratga tushgan.

“Mariya”ning jahon premyerasi Venetsiya kinofestivali tanlovida boʻlib oʻtdi. Tanqidchilar filmni asosan ijobiy baholashdi: Rotten Tomatoesʼda 75%, Metacriticʼda 100 balldan 63 ball.