“Arko” fransuz multfilmining treyleri e’lon qilindi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

NEON kompaniyasi “Arko” animatsion filmining ilk tizer-treylerini taqdim etdi. Xorijiy premyera noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Kino 2025-yilgi Kann kinofestivalining “Maxsus namoyishlar” dasturida ishtirok etgan. Voqealar 2075-yilda yashovchi Ayris ismli qiz haqida hikoya qiladi.
Kunlarning birida qahramonimiz 2932-yildan kelgan Arko ismli o‘g‘il bola bilan tanishib qoladi. Ayris yangi do‘stining uyiga qaytishiga yordam berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishi kerak bo‘ladi.
Multfilmda Natali Portman (shuningdek, prodyuser sifatida), Mark Ruffalo, Fli, Lui Garrel va boshqalar ovoz berishgan.
Rejissyorlik va ssenariy muallifi vazifasini ilk bor Ugo Bienvenu bajargan. “Arko”ning Rossiyada namoyish etilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.