Aloqada bo‘ling

Asal Shodiyeva homiladorligiga shama qildi

Taniqli o‘zbek aktrisasi Asal Shodiyeva ko‘pchilik o‘zining homiladorligiga ishora sifatida qabul qilgan videoni e’lon qildi. Ushbu videoni u Instagram’dagi sahifasiga joylab, muxlislari o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Videoda Asal turmush o‘rtog‘i, taniqli xonanda Shohruxonga mayin pushti rangdagi kichik muzqaymoqni ko‘rsatadi va “Nima deb o‘ylaysiz, nega pushti?” deb so‘raydi.

Bunga javoban Shohruhxon: “Keyingi qizmi?” deb so‘raydi. Shu yerda video tugaydi.

Ko‘plab muxlislar bu aktrisaning uchinchi homiladorligiga ishora ekanligini taxmin qilishdi va u shu tariqa obunachilariga aytishga qaror qildi.