Asal Shodiyeva mashhur brendning yuziga aylandi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Taniqli aktrisa Asal Shodiyeva Avalon brendi bilan hamkorlikni boshladi. San’atkor bu haqida Instagram’dagi sahifasida xabar berdi.
Shodiyeva Avalon’ning navbatdagi reklama roligida suratga tushdi. Tasvirda aktrisa yirik ekran qarshisida ohista ravishda yurib o‘tayotgani tasvirlangan.
Rolikni Borisov & Irisov videostudiyasi tasvirga olgan. Ta’kidlash joiz, ushbu jamoa O‘zbekistonning ko‘plab yirik brendlari bilan doimiy hamkorlik qilib keladi.
Asal Shodiyeva hozirda filmlarda faol ravishda suratga tushmayapti. Ammo u o‘zining hashamatli hayotini doimiy ravishda obunachilari bilan bo‘lishib keladi.