Aloqada bo‘ling

Auksionda “chiroyli” avtoraqam 351 mln soʻmga sotildi

Muallif: Mahkamov Humoyun
Auksionda “chiroyli” avtoraqam 351 mln soʻmga sotildi

Birinchi yarim yillikda avtoraqamlar savdosi uch barobarga oshib, 426,2 mlrd soʻmni tashkil etgandi.

Joriy yilning 6-sentyabr kuni avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida oʻtkazilgan onlayn-auksionda jami 6,35 mlrd soʻmlik avtoraqamlar sotildi.

Sotilgan avtoraqamlar soni 1 271tani tashkil etib, tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 5 mln soʻm boʻlgan. Shu bilan birga, eng arzon sotilgan avtoraqam qiymati — 1,7 mln soʻmga teng.

Oʻz navbatida, shu kuni birja savdolarida eng qimmat sotilgan avtoraqam qiymati 351,9 mln soʻmni tashkil etdi. 

Bundan oldingi, 5-sentyabr kungi savdolarda eng “chiroyli” avtomobil raqami 111,3 mln soʻmga sotilgandi. Jami 2 495 dona avtoraqam qiymati jami 9,41 mlrd soʻm boʻlgan.