BAA bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan muxlislarga murojaat bilan chiqdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 iyun kuni BAA milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
O‘yin oldidan BAA terma jamoasi bosh murabbiyi Kosmin Olaru o‘z jamoasi muxlislari uchun bayonot berdi. Mutaxassis muxlislarni stadionga tashrif buyurib, terma jamoani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
“Mamlakatimiz uchun muhim kun yaqinlashmoqda. Terma jamoamiz bilan birga bo‘lib, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlaylik. Xudo xohlasa, g‘alaba qozonib, muhim g‘alabani qo‘lga kirita olamiz”, — dedi mutaxassis o‘yin oldidan.