Barbi kinosidek: Toshkentda oʻziga xos fotiha marosimi boʻlib oʻtdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Toshkent shahrida oʻtkazilgan fotiha marosimida butun xonadon pushtirangga bezaldi.
Tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarda hovlida pushti pol, arkalar, sahna joylashtirilganini koʻrish mumkin.
Shuningdek, tadbirga kelgan mehmonlar ham Barbi kinosidek faqatgina pushtirangdagi kiyimlarni kiyib olgan.
Hattoki uch qavatli tort ham aynan pushtirangda boʻlgan. Ushbu tadbir kim tomonidan oʻtkazilgani hozircha nomaʼlum.