Sport

“Barselona” Gamper kubogidagi raqibini e’lon qildi

“Barselona” Gamper kubogidagi raqibini e’lon qildi

Kataloniyaning “Barselona” klubi rasmiy saytida Joan Gamper kubogining 60-yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan uchrashuv sanasi va raqibi haqida ma’lumot berildi. Hansi Flik boshqaruvidagi jamoa 10-avgust, yakshanba kuni Italiya klublaridan biri — “Komo” bilan to‘qnash keladi. O‘yinga “Yoxan Kroyf” stadioni mezbonlik qiladi.

Dastlab bahs “Kamp Nou” stadionida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan edi. Biroq stadionda olib borilayotgan qayta qurilish ishlari yakuniga yetmaganligi va zarur litsenziyalar hali rasmiylashtirilmagani sababli uchrashuv boshqa manzilga ko‘chirildi. Klub vakillari ma’lum qilishicha, “Kamp Nou” stadionining to‘liq foydalanishga topshirilishi 2026-yil yoziga belgilangan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Barselona” va “Komo” o‘rtasidagi bellashuv 10-avgust kuni kech soat 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi Joan Gamper kubogida “Barselona” “Monako”ga qarshi maydonga tushib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.