“Barselona” Ronald Arauxoni sotuvga qo‘ydi

Kataloniyaning “Barselona” klubi markaziy himoyachisi Ronald Arauxo yozgi transfer oynasida jamoadan ketishi ehtimoli yuqori. El Chiringuito nashrining yozishicha, 1-iyuldan 15-iyulgacha istalgan klub urugvaylik futbolchini 65 million yevro to‘lab xarid qilishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, 26 yoshli himoyachining transfer qiymati ancha pasaygan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Arauxoning hozirgi narxi 35 million yevroga teng bo‘lib, bu o‘tgan yilgiga nisbatan deyarli ikki baravar kam. Shu bois, shartnomasida ko‘rsatilgan 65 million yevrolik tovon pulini to‘lashga tayyor jamoalar soni cheklangan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Italiya matbuoti esa “Yuventus” klubi Arauxo uchun 25–30 million yevro miqdorida taklif tayyorlayotganini ma’lum qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Arauxo joriy yil yanvar oyida “Barselona” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirgan edi. U o‘tgan mavsum La Liga doirasida 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 gol urgan va 1 bor golli uzatma bergan.