“Bashakshehir” Fayzullayev transferiga izoh berdi

Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” futbol klubi matbuot xizmati rossiyalik “SSKA” jamoasi vakili Abbosbek Fayzullayev bilan bog‘liq transfer xabarlari yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda “Match TV” nashri orqali xabar berildi.
Klub vakilining so‘zlariga ko‘ra, ular bu borada hozircha hech qanday rasmiy ma’lumotga ega emaslar. “Jamoa ayni paytda Avstriyada yangi mavsum uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda”, — deya ta’kidlangan izohda.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Avvalroq bir nechta ommaviy axborot vositalarida “Bashakshehir” va “SSKA” klublari o‘zbekistonlik futbolchining transferi borasida kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga ko‘ra, bitim qiymati taxminan 7 million yevroga baholangan.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli yarim himoyachi Fayzullayevning Moskva klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil yoziga qadar amal qiladi.
Transfermarkt portali sportchining transfer narxini hozirda 8 million yevroga teng deb ko‘rsatmoqda.