“Bavariya” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida turnirga bir qator futbolchilarsiz kelgan “Oklend”ga 10 ta gol urdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Myunxenning “Bavariya” klubi AQShda bo‘lib o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti” jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi.
S guruhining Sinsinnatidagi uchrashuvi 10:0 hisobida yakunlandi. Jamol Musiala penaltidan urilgan gollardan birini o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Kingsli Koman, Tomas Myuller va Maykl Olise dublida Sasha Boe ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Avvalroq, Yangi Zelandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Pol Poza jamoasining ba’zi futbolchilari futbolga aloqasi bo‘lmagan boshqa ish tufayli turnirga kela olmaganini aytgan edi.
“Bavariya” va “Oklend” Argentinaning “Boka Xuniors” va Portugaliyaning “Benfika” klublari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.