Bitkoin ilk bor 122 ming dollarlik dovondan oshdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 2025-yil oxirigacha kriptovalyuta narxi $150 mingdan $200 minggacha yetishi mumkin.
14-iyul kuni bitkoin kursi tarixda birinchi marta $122 ming darajasidan yuqorilab o‘tdi. Bu haqda CoinDesk platformasining ma’lumotlarida qayd etilgan.
Savdo jarayonida eng yuqori nuqta Toshkent vaqti bilan soat 10:27 atrofida kuzatildi. Ayni vaqtda token $122,501 qiymatida taklif qilindi. Shundan so‘ng narx mazkur chegarada barqarorlashib, kichik tebranishlar bilan davom etdi.
Ushbu xabar tayyorlangan vaqtda bitkoin qiymati $122,384 atrofida saqlanib turibdi. So‘nggi 24 soat ichida narx taxminan 6 foizga oshgan bo‘lsa, bir hafta davomida bu ko‘rsatkich 8,64 foizni tashkil etgan.