Bloger Bonamur kimga turmushga chiqishi haqida gapirdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Mashhur bloger Bonamur o‘zini qiziqtirgan kimga turmushga chiqishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
U o‘z mulohazalarini Instagram’dagi muxlislariga yozib qoldirdi. Bu esa ular orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
“Voy, bu haqda ko‘p narsani aytish mumkin. Baribir har kim ideal insonni xohlaydi.
Eng muhimi, u meni o‘zidan ko‘ra ko‘proq qadrlaydigan, hurmat qiladigan, istaklarimni bajaradigan va adolatli inson bo‘lishi kerak”, — deya javob berdi bloger.