Bloger Bonamur sog‘lig‘ining yomonlashib, immuniteti pasayganidan shikoyat qildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Mashhur bloger Bonamur o‘z izdoshlari bilan sog‘lig‘i keskin yomonlashgani haqidagi xabarni bo‘lishdi. U bu haqda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Kecha ahvolim juda yomon edi. Umid qilamanki, ko‘z tegmaydi, ammo bugun o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman.
Immunitetim juda tushib ketgan, shuning uchun davolanishim zarur”, — deya yozdi bloger.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Bonamur tatuirovkalaridan afsuslanayotganini aytgan edi.