Aloqada bo‘ling

Bloger Bonamur xeyterlariga jiddiy javob berdi

Bloger Bonamur xeyterlariga jiddiy javob berdi

Bonamur taxallusi bilan tanilgan bloger tanqidchilarga javob qaytardi. U qizlarga savol bilan murojaat qildi: “Qizlar, mening izohlarimda nimani yo‘qotdingiz? Shuncha hasad qayerdan? Eringizni tortib oldimmi?”

Bloger “Men bunday kiyinmagan bo‘lardim” qabilidagi fikrlarga izoh berib, tanqidchilarga avval ozishni taklif qildi. Shuningdek, u shunday dedi: “Agar siz shunchalik dindor bo‘lsangiz, Instagram`ni o‘chirib tashlang va YouTube`ni tomosha qiling”.

Bonamur turmushga chiqish vaqti kelgani haqidagi da’volarga qo‘shilmaydi. U hayot faqat oila qurish va farzand ko‘rishdan iborat emasligini, duch kelgan odamga turmushga chiqishni istamasligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, unga salbiy izohlar qoldiradigan "latta" emas, balki munosib er kerak.