Bloger Diyora Azimova sobiq eri bilan rasman ajrashdi

Mashhur o‘zbekistonlik bloger Diyora Azimova nikohdan ajralish jarayoni yakunlanganini ma’lum qildi. U bu haqda o‘zining Telegram kanalidagi obunachilarga xabar berdi.
Diyora o‘z murojaatida sobiq eriga birga o‘tkazgan bir yarim yil uchun minnatdorchilik bildirdi: “Bu insonga 1,5 yillik turmushimiz uchun rahmat aytmoqchiman.
Hamma narsa uchun. Oxir-oqibat qanday yo‘l tutganingdan qat’i nazar, sen menga hozirgi hayotimdagi eng muhimini — o‘g‘limni hadya etding. Hozir u uchun qila oladigan eng yaxshi ishing — uning ruhiyatiga zarar yetkazmaslik uchun muloqot qilmaslik. Buni ham qilayotganing uchun rahmat. Menga ishonganing, sevganing va asraganing uchun minnatdorman.
Bilaman, hozir ham xohlagan paytimda senga murojaat qilsam, biz janjallashayotgan bo‘lsak ham, bo‘lmasak ham, bizni xafa qilgan har qanday odamni yo‘q qilishingni. Hamma narsa uchun rahmat. Endi bizni boshqa hech narsa bog‘lab turmaydi. Baxtli bo‘l”.