Bloger Djessme Diyora Azimovani munosabatlarni buzishda ayblamoqda

Bloger Djessme o‘z Instagram sahifasida bloger Diyora Azimova haqida ochiqchasiga fikr bildirdi. Uning aytishicha, Diyora ilk bor boshqalarning munosabatlariga aralashayotgani yo‘q. U Diyorani band yigitlarga yozib, ularni o‘ziga og‘dirishda aybladi.
“Gruziyangda yurib, kimni xohlasang o‘sha bilan yotaver, nega o‘zingni boshqalarning oilasini buzishga haqli deb o‘ylayapsan?” deb yozdi u. Bundan tashqari, Djessme Diyoraning “million kuzatuvchisi bor-u, lekin qamrovi juda past” ekanini va “u doim boshqalar hisobiga ko‘tarilishga urinishi”ni ta’kidladi.
Bunga javoban Diyora Azimova yozishmalar skrinshotlari va ovozli xabarlarni e’lon qildi. Uning tushuntirishicha, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan vaziyat haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Diyoraning so‘zlariga ko‘ra, mojaro oddiy iltimos tufayli boshlangan — u tanishidan video yuborishni so‘ragan, xolos. “Bo‘lar-bo‘lmasga shov-shuv ko‘tarishdi, shunchaki e’tibor tortish uchun. Uning ko‘rishlar soni bor-u, lekin hech kim u haqida gapirmaydi”, deb yozdi Diyora.
Shuningdek, Diyora o‘zining Telegram kanalida shunday deb yozdi: “Men kim bilan yotishim va qayerda yurishim hech kimni qiziqtirmasligi kerak. Soxta ezgulik va munofiqlik ochiq illatdan ham yomonroq. Mening shaxsiy hayotim hech kimni tashvishga solmasligi kerak. O‘zingiz haqingizda gapirib bering, siz haqingizda ham ko‘p narsa aytish mumkin. Shu bilan mavzuni yopaman”.