Bloger Djessme stress tufayli vazn yo‘qotganini aytdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Taniqli bloger Djessme Instagram`dagi obunachilariga stress tufayli keskin vazn yo‘qotgani haqida ma’lum qildi.
Storisda u hayratlanarli raqamlar bilan bo‘lishdi. “Asablar qay ahvolga tushadi: uch kun oldin vaznim atigi 39 kg edi! Mening normal vaznim 47-49 kg”, — deb yozdi bloger.
Bloger so‘nggi vaqtlarda qayta va qayta e’tibor markaziga tushmoqda. U o‘zining chiqishlari bilan muxlislari va tarmoq foydalanuvchilarining turli munosabatlariga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha bloger Djessme Diyora Azimovani munosabatlarni buzishda ayblagan edi. Bu haqda batafsil bu yerda o‘qishingiz mumkin.