Bloger Husnora Shodiyeva 32 yoshini Parijda qarshi oldi
                            Muallif: 
            
                                                Shohzamon Shuhratov
                                    
                            
            
            Mashhur bloger, telebahorchi va aktrisa Husnora Shodiyeva o‘zining 32 yoshini Fransiyaning poytaxti Parijda dabdabali tarzda qarshi oldi.
“32. Bugun 32 yoshga to‘ldim! Qalbim Yaratganga barcha ne’matlari uchun shukronalik hissi bilan to‘lib-toshmoqda.
O‘zimni, hayotimni, oilamni, yaqinlarimni va sizlarni — aziz muxlislarimni sevaman! Men esa bu go‘zal kunni sevgi shahrida nishonlayapman! Ura!” — deya yozdi bloger post ostiga.
Post ostidagi izohlarda muxlislar, do‘stlar va hamkasblari tabriklarga faol qo‘shilib, yulduzga baxt-saodat, sihat-salomatlik va yangi ijodiy yutuqlar tiladi.