Aloqada bo‘ling

Bloger Husnora Shodiyeva munosabatlarsiz o‘zini qulay his qilishi haqida gapirdi

Bloger Husnora Shodiyeva munosabatlarsiz o‘zini qulay his qilishi haqida gapirdi

Taniqli bloger Husnora Shodiyeva munosabatlardan tashqari hayot haqidagi o‘y-fikrlarini samimiy tarzda baham ko‘rdi.

U Instagram sahifasida obunachisining “Yolg‘iz bo‘lganingizda o‘zingizni qulay his qilasizmi?” degan savoliga javob berdi.

“Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman. Albatta, ba’zida bu haqda xafa bo‘ladigan paytlar bo‘ladi, lekin qayergadir chiqib ketsam, hamma narsa o‘z o‘rniga tushadi”, deya yozdi bloger.

Bundan avvalroq Husnora Shodiyeva so‘nggi 6 yilda qanday o‘zgargani haqida gapirgandi. U 2020-yildan beri deyarli hech qanday o‘zgarmagan.