Bloger Imona Abrik.eleven bilan ajrashganidan keyin munosabatda bo‘lgan-bo‘lmaganini aytdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Taniqli bloger Imona Abrik.eleven bilan ajrashganidan keyin munosabatda bo‘lgan-bo‘lmagani haqidagi savolga javob berdi. U Instagram’dagi sahifasida ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob berdi.
“Nikoh paytida hech qanday munosabatlar, ajrashish jarayonida hech qanday munosabatlar va ajrashgandan keyin hech qanday munosabatlar yo‘q”, — dedi Imona.
Imona uzil-kesil javob berdi: “Men umuman hech narsadan afsuslanmayman. Hammasi yaxshilik tomon.
Birgalikda ajoyib vaqt o‘tkazdik, vaqtni yaxshi o‘tkazdik, ajralish va turli yo‘llardan ketish vaqti keldi. Va keyinchalik hayotim qanday rivojlanayotgani menga juda yoqadi”, — deb yozadi bloger.