Bloger Leo imijini tubdan o‘zgartirdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Bloger Leo imijining keskin o‘zgarishi bilan obunachilarini hayratda qoldirdi. Bu haqda u Instagram`dagi sahifasida ma’lum qildi. Videoda Leo kalta soch turmagini namoyish qilmoqda.
U bu soch turmagini “breakup haircut” deb nomladi, bu tarjimada “ajrimdan keyingi soch turmagi” degan ma’noni anglatadi.
Ko‘plab obunachilar Leoning yangi qiyofasidan hayratda, chunki kalta soch turmagi unga juda yarashadi va uning tashqi ko‘rinishini ta’kidlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Leoning sevgilisi bilan xayrlashishi haqida batafsil bu yerda o‘qishingiz mumkin.