Bloger Maryam Tillayeva qaylig‘i bilan orolda qolib ketdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Mashhur bloger, O‘zbekistonning birinchi prezidenti nabirasi Maryam Tillayeva o‘zining Instagram sahifasida qaylig‘i Arno bilan orolda qolib ketganini ma’lum qildi.
Juftlik uchrashmoqchi bo‘lgan, ammo to‘satdan boshlangan bo‘ron tufayli parvozlar bekor qilinib, aeroport yopilgan. Natijada Maryam bir sohilda, Arno esa boshqa sohilda qolib ketgan.
Bloger to‘rt soat davomida qaylig‘i bilan bog‘lana olmagani sababli tashvishini yashirmadi. “Biz Arno bilan uchrashmoqchi edik, lekin shu payt bo‘ron boshlandi, parvozlar bekor qilindi, aeroport yopildi.
Oqibatda men bir sohilda, u esa boshqa sohilda qolib ketdik. Men uning qayerdaligini ham bilmayapman, u to‘rt soatdan beri aloqaga chiqmayapti”, — deya xabar berdi u.