Bloger Maryam Tillayeva va uning qallig’i kelasi yozda to‘y qilishmoqchi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Bloger Maryam Tillayeva va uning qallig’i Arno kelasi yozda katta to‘y o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
U bu haqda o‘zining Instagram sahifasida obunachilariga ma’lum qilib, O‘zbekiston uchun noyob bo‘ladigan ulkan tantana tafsilotlarini oshkor etdi.
“Kelasi yil O‘zbekistondagi to‘yimizga qanday mehmonlarni taklif qilishimizni tasavvur ham qila olmaysiz! Biz hozirgina tashkilotchilar bilan uchrashdik va aytishim mumkinki, bunday ishni hali hech kim qilmagan”, — deya ma’lum qildi Maryam.
U yana qo‘shimcha qilib, mashhur blogerlar, san’atkorlar, tadbirkorlar, moda olami vakillari va “juda nufuzli shaxslarning farzandlari”ni taklif etib, “mamlakatning ulkan taqdimoti”ni rejalashtirmoqda.