Bloger Ozod Xurramov sevgan qizining qo‘lini so‘radi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Bloger Ozod Xurramov milliarderning qizidan rozilik olgani haqidagi xabarni San’at Dunyosi nashriga shaxsan tasdiqladi.
Ozodning aytishicha, sevgilisi bir yil davomida uning tuyg‘ularini sinab ko‘rgan va u bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Ozod yana shuni ma’lum qildiki, uning tanlagani o‘zidan to‘rt yosh katta bo‘lib, modellik bilan shug‘ullanadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qiz sevgilisi bilan an’anaviy o‘zbek oilasida yashashga rozi bo‘lgan.